“Chelsi” “Ayaks” himoyachisi Xato transferini e’lon qildi

Sport

image

Himoyachi Yorrel Xato “Ayaks”dan “Chelsi”ga o‘tdi. Bu haqda London klubining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, u yangi jamoasi bilan 2032 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. O‘tgan mavsumda Xato barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Umuman olganda, u Amsterdam klubida Niderlandiya chempionatida 75 ta uchrashuvda ishtirok etgan.

“Transfermarkt“ portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil qiladi. Angliya Premer-ligasining yangi mavsumini “Chelsi” 17 avgust kuni o‘z maydonida “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Ayaks Yorrel Xato

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing