Bosh prokuratura Ortiqxo‘jayev masalasida bayonot berdi
Jamiyat
−
17 noyabr 2019
21347O‘zbekiston Resublikasi Bosh prokuraturasi kecha, 16 noyabr oqshomida internet tarmog‘ida tarqalgan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga oid audioyozuvni o‘rganmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura rasman bayonot berdi.
"Bosh prokuratura tomonidan Internet nashrlarida va ijtimoiy tarmoqlarda 2019 yil 16 noyabr kuni Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayevga mansubligi ta’kidlanib tarqatilgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar o‘rganilmoqda.
O‘rganish natijalari har tomonlama qonun doirasida ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan qo‘shimcha bayonot beriladi", deyiladi prokuratura bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu holat bo‘yicha to‘plangan barcha ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Bosh prokuraturaga murojaat xati yuborilishi haqida ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi