Germaniyada portlash yuz berdi
Olam
−
08 noyabr 2019
5836Bugun, 8 noyabr kuni Germaniyada konda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakatdagi mahalliy nashrlar yozmoqda.
GTS Grube Teutschenthal Sicherungs GmbH konida sodir bo‘lgan portlashda ikki kishi jarohat olgan, o‘nlab odamlar yer ostida olmoqda.
Portlash Saksoniya-Anhaltning Toyhental munitsipalitetida sodir bo‘lgan. 38 kishi qutqarib olingan, ulardan 2 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Dastlab, ommaviy axborot vositalarida yer ostida qolgan odamlarning chiqish qo‘li to‘silib qolganini aytgan edi. Biroq, Geiger Unternehmensgruppe konining operatori ularning barchasi "xavfsiz boshpanada" ekanini ma’lum qildi. Qutqaruvchilar voqea joyida ishlamoqda, portlash sababi aniqlanmagan.
Mahalliy vaqt bilan soat 11:14da o‘t o‘chiruvchilar ishchilarni qutqarish uchun operatsiya boshlaganlari ma’lum bo‘ldi. Mahalliy vaqt bilan soat 11:40 atrofida, mahalliy politsiya Twitter’da 700 metr chuqurlikda boshpanada bo‘lgan barcha ishchilarni qutqargani haqida xabar berdi.
Kompaniyaning ma’lumotlariga ko‘ra, Toichental konida 100 ga yaqin kishi ishlaydi. Bu yerda 80 yildan ortiq vaqt davomida kaliy tuzlari qazib olingan, ammo 1982 yilda konlar yopilgan. 15 yil davom etgan rekonstruksiyadan so‘ng u yerda mineral chiqindilar saqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 8 noyabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda ham portlash sodir bo‘lgan edi. Oqibatda bir ayol qurbon bo‘ldi.
LiveBarchasi