Avtomoykalar va basseynlar yopilsin! Bishkekda suv tanqisligi keskin oshdi
Olam
−
03 iyun 2023
12780Qirg‘iziston poytaxtida ichimlik suvining keskin tanqisligi yuzaga kelgani sababli Bishkek hokimi o‘rinbosari Jirg‘albek Shamiraliyev tegishli xizmatlar bilan birgalikda reydlar o‘tkazmoqda. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ko‘p miqdorda suv iste’mol qiladigan xususiy vannalar, avtomoyka va basseynlar vaqtincha yopilgan. Bu haqda munitsipalitet matbuot xizmatiga tayanib “24.kg” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda, ayniqsa yoz oylarida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash muammosi nafaqat turar-joylarda, balki butun Bishkek bo‘ylab keskinlashgan.
“Kishi boshiga kuniga o‘rtacha suv iste’moli 170 litrdan 410 litrgacha, ya’ni 241 foizga o‘sgan”, deyiladi xabarda.
Shahar hokimiyatining qayd etishicha, suv sarfi ortib borayotganining sabablaridan biri yashil maydonlar va tomorqalarni sug‘orish uchun ichimlik suvidan oqilona foydalanmaslikdir.
LiveBarchasi