Avtomobillarni ijaraga berish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, endilikda yuridik shaxslar ham avtomobillarni qisqa muddatga ijaraga olishi mumkin. (ilgari faqat jismoniy shaxslar nazarda tutilgan)

Ijaraga oluvchida alkololli ichimlik, giyohvandlik moddasi yoki o‘zgacha mastlik aniq ko‘rinib turganda ijaraga beruvchi unga transportni ijaraga berishni rad etishi mumkinligi belgilandi.

Shuningdek, ijaraga beruvchi ijaraga berilgan transport tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganligini “Ma’muriy amaliyot” tizimi orqali elektron tekshirishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ijara

Baholaganlar

628

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing