Avtomobillar harakati taqiqlangan vaqtda necha kishi YTHlar sabab o‘lgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning aprel oyi davomida O‘zbekistonda 76 kishi yo‘l-transport hodisalari oqibatida vafot etdi. Bu haqda IIV YHXBB Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bosh boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, aprel oyida mamlakatda 336 ta YTH sodir bo‘lgan. Shularning 64 tasi odamlarning halok bo‘lishi bilan yakunlangan.

Bir oy davomida YTHlar sabab vafot etganlarning 38 nafari hodisa joyida, 38 nafari shifoxonalarda jon bergan. YTH larda jam 334 kishi jarohatlangan.

Barcha YTHlarning 38 tasi bolalar ishtirokida, 168 tasi piyodalar ishtirokida sodir bo‘lgan. Shuningdek, 8 ta holatda mast haydovchilar avariyaga sabab bo‘lgan, 4 ta YTH og‘ir oqibatga olib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston karantin sabab 30 martdan 20 aprelgacha Toshkent va Nukus shaharlari, Viloyatlar markazlarida avtomobilda harkatlanishga taqiq o‘rnatilgandi. Faqatgina maxsus ruxsatnomasi bor haydovchilarga avtomobildan foydalanishga ruxsat berildi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH aprel'

Baholaganlar

119

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing