Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi 34,5 mlrd so‘m “tuya qilinganini” rad etdi
Jamiyat
−
30 iyul 2022
6975Avvalroq 2021-2022 yillarda O‘zbekistonda yo‘l qurish va ta’mirlashda 45 ta holatda 34,5 mlrd so‘mlik mablag‘lar noqonuniy sarflangani haqida xabar bergan edik. Tegishli ma’lumotlarni Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi rahbari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitalarining qo‘shma majlisidagi hisobotida keltirib o‘tgandi.
Mazkur ma’lumotlarga Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raddiya berdi.
Qayd etilishicha, ushbu 34,5 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘larning samarsiz ishlatilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilib, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasidan ma’lumotlar olingan.
“Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 34,5 mlrd so‘mdan 12,1 mlrd so‘m (36 foizi) qismi respublika yo‘l xo‘jaligi tizimiga taalluqli bo‘lmagan korxonalar va ob’ektlarga tegishlidir. Qolgan 22,4 mlrd so‘m mablag‘ning 15,8 mlrd so‘m (71 foizi) qismi o‘z tasdig‘ini topmadi.
Qolgan 6,6 mlrd so‘m miqdoridagi yo‘l ishlarini bajarish bilan bog‘liq aniqlangan kamchiliklar tekshiruv jarayonida to‘liq bartaraf etilgan hamda tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilgan”, deyiladi qo‘mita munosabatida.
Ta’kidlanishicha, kamchiliklar orasida Jamg‘arma mablag‘larini talon-taroj qilish holatlari aniqlanmagan.
LiveBarchasi