Avtomobil boji 2 baravar pasaysa, mashina qancha arzonlashishi aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda import avtomobillar uchun bojxona boji stavkalarini 2 barobarga pasaytirilishi mashinalar narxini o‘rtacha 10 foizga kamaytiradi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat Doniyor G‘aniyev shunday fikr bildirdi.

“Bojxona bojlarini 15 foizga pasaytirilishi hisobiga xorijdan olib kelinadigan import avtomobilining narxi o‘rtacha 10 foiz arzonlashishi mumkin”, degan deputat.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasiga uch kun muddatda import avtomobillari uchun bojxona boji stavkalarini 2 barobarga (30 foizdan 15 foizga) pasaytirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritishga topshiriq berdi.

Shuningdek, yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan “UzAuto Motors” AJ avtomobillari uchun oldindan to‘lov miqdorini 85 foizdan 50 foizgacha pasaytirish, 1 mayga qadar esa avtomobil xarididagi navbatlarni to‘liq bartaraf etish topshirig‘i berildi.

Bu topshiriqlar keng aholi qatlamini xursand qildi. Biroq iqtisodchilar va bojxona tizimidan xabardor shaxslar bojning o‘zini pasaytirgan bilan katta o‘zgarish bo‘lmasligini aytmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

mashina

Baholaganlar

4263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing