Avtomobil boshqarayotganda niqob taqish shartmi?

Bu qiziq

image

Bugun, 25 mart kunidan O‘zbekistonda tibbiyot niqobisiz yurganlarni jarimaga tortish boshlandi. Ko‘pchilikda “avtomobilda yurganda ham niqob taqish kerakmi?”, degan savol tug‘ildi. Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov navbatdagi brifing chog‘ida avtomobil boshqaruvida tibbiy niqob taqish shartlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

“Siz o‘z avtomobilingizni boshqarayotganda tibbiy niqobsiz bo‘lishingiz mumkin, agar mashinada boshqa yo‘lovchi bo‘lmasa. Agar taksida yo‘lovchi bo‘lsa haydovchi tibbiy niqobda bo‘lishi shart. 

Agar mashinadagi yo‘lovchi qarindoshingiz yoki yaqin odamingiz bo‘lsa, aql bilan ish tutish kerak. Masalan, men hozir niqobdaman, chunki bu yerda odamlar ko‘p.

Jamoat joylarida hamisha boshqa odamlar bo‘ladi va tibbiy niqob taqish shart”, dedi Shohruh G‘iyosov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 55 nafarga yetdi. 

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus niqob

Baholaganlar

278

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing