Avtomashinalar to‘qnashuvi oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Misr poytaxti Qohirani Iskandariya shahri bilan bog‘lovchi shosseda avtomashinalarning to‘qnashuvi yuz berdi. Oqibatda 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Misrning Buxeyra provinsiyasi xavfsizlik xizmati xabar qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomagistralning 132-kilometrida avtomobillardan birida moy sizib chiqqan va katta to‘qnashuvga sabab bo‘lgan. Bir nechta mashina yonib ketgan. Natijada 32 kishi halok bo‘lgan, 60 kishi jarohatlangan.

Voqea joyiga kamida 20 ta tez yordam mashinasi yetib kelgan va barcha jarohatlanganlarni yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazgan. Prokuratura voqea yuzasidan tergov boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, 3 oktyabr kuni Italiya shimolida yo‘lovchi avtobusi panjaradan o‘tib, 10 metr balandlikdan temiryo‘l relslariga qulab tushishi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Misr avtohalokat Avtomashina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing