Avtobuslardagi tirbandlik alohida nazoratga olinadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning 8 iyunidan boshlab “sariq” va “yashil” hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobus harakatlariga ruxsat berilgan edi. Biroq, natija kutilganidek bo‘lmagan. Shu bois O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi bu borada nazorat kuchaytirilishini ma’lum qildi. 

“Monitoring natijalari avtobus salonida ijtimoiy masofani saqlash bilan bog‘liq karantin talablarini buzib, tirbandlik hosil qilgan holda yo‘lovchi tashish holatlari uchrayotganligini ko‘rsatmoqda. Bu esa, aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan holat sifatida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi”, deyiladi Respublika maxsus komissiyasi qarorida. 

Shu munosabat bilan Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va Transport vazirligiga avtobus reyslarida tirbandlikka yo‘l qo‘ymaslik hamda boshqa sanitariya-epidemiologiya talablariga qat’iy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

61

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing