Avtobuslarda nimalar taqiqlanadi?

Foydali

image

Shahar avtobuslarida yurarkan turli voqealarga duch kelamiz. Chiptachi yoki haydovchi yo‘lovchini tartibga rioya qilmagani uchun avtobusdan tushirib yuborganiga ham guvoh bo‘lganmiz. Ho‘sh, avtobuslarda aslida nimalar taqiqlanadi. Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida shu to‘g‘rida ma’lumot berildi.

Avtobusda quyidagilar taqiqlanadi:
•    yo‘lovchilarning mast holda yurishi;
•    alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish;
•    haydovchi (konduktor)ning ruxsatisiz oynalarni ochish;
•    oynadan tashqariga osilish;
•    tez yonuvchan, portlovchi, zaharlovchi, zaharli, qo‘lansa, radioaktiv moddalar va ashyolarni, g‘ilofsiz o‘q otar qurol, tig‘li va keskir ashyolarni olib yurish;
•    o‘lchami 100 sm x 50 sm x 30 santimetrdan katta yoki bitta o‘rin uchun og‘irligi 60 kilogrammdan ortiq buyumlarni, shuningdek uzunligi 200 santimetrdan ortiq bo‘lgan buyumlarni olib yurish;
•    salonni yoki yo‘lovchilarning kiyimlarini iflos qiluvchi buyumlar va ashyolarni olib yurish.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing