Avtobusi daryoga qulagan kompaniya rahbari ham hibsga olindi

Olam

image

Rossiya Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasi 10 mayda yo‘lovchilari bo‘lgan avtobusning Moyka daryosiga qulashi oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgandi. “Taksi” MCHJ tashuvchi shirkati egasi 10 iyulgacha hibsga olindi. Bu haqda Sankt-Peterburg shahar sudi ma’lum qildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, shirkat egasi Jahongir Xalilov mehnat va transport intizomiga, shu jumladan haydovchilarning ish va dam olish tartibiga rioya etilishini nazorat qilishi shart edi. U xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatganlikda (Jinoyat kodeksining 238-moddasi 3-qismi) ayblanmoqda.

Avvalroq avtobus haydovchisi 44 yoshli Rahmatshoh Qurbonovga bir necha kun davomida kerakli dam olish vaqti berilmagani xabar qilingan edi.

Sud majlisida Qurbonov o‘z aybiga iqror bo‘lib, tormoz tizimi nosoz avtobusni boshqarganini aytgan. U halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avtobus haydovchisi, 44 yoshli Tojikistonda tug‘ilgan, Rossiya fuqarosi Rahmatshoh Qurbonov ham ikki oyga hibsga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Moyka Jahongir Xalilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing