Daryoga qulagan avtobus: haydovchi fojiaga nima sabab bo‘lganini aytdi

Olam

image

Rossiya Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasi 10 mayda yo‘lovchilari bo‘lgan avtobusning Moyka daryosiga qulashi oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan holat bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish) 3-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atdi va hozirda tergov davom etmoqda. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi xabar berdi.

“Sankt-Peterburgda avtobusning daryoga qulashi oqibatida odamlarning o‘limi bilan bog‘liq jinoiy ish bo‘yicha odamlarni tashishni tashkil etgan “Taksi” MCHJ karvoni boshlig‘i gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda.

Lavozimiga muvofiq, unga “Taksi” MCHJda mehnat va transport intizomiga, shu jumladan, haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga rioya etilishini nazorat qilish vazifalari yuklatilgan edi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, daryoga qulagan avtobus haydovchisiga bir necha kun davomida kerakli dam olish vaqti berilmagan. Ushlangan shaxsga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash va ayblov e’lon qilish masalasi hal qilinmoqda.

Bugun, 12 may kuni avtobus haydovchisi Rahmatshoh Qurbonov Oktyabr tuman sudiga olib ketildi va unga nisbatan ehtiyot chorasi tayinlandi. 

“U xotirjam ko‘rindi. Burniga plastir yopishtirilgan edi. Uning aytishicha, tormoz bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan”, deb yozadi “Fontanka”.

Ma’lumot uchun, 10 may kuni avtobus qirg‘oqda ikkita mashinaga borib urilgan, panjarani buzib o‘tib, suvga qulagan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusning Moykaga qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 7 kishiga yetgan. “Kanal 78” portali xabar berishicha, tojikistonlik avtobus haydovchisi Rahmatshoh Qurbonovning rafiqasi eri deyarli bir kun ishlaganini aytgan.

“Tunda smenadan ertalab soat 2-3 da qaytdi va ertalab soat 5 dan ishlagandi. Ertalab soat 8 yarimda uyg‘onib, reysga chiqishga majbur bo‘ldi", deydi ayol.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Rossiya avtobus Moyka Rahmatshoh Qurbonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made