Avtobusda qizlarga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak qamaldi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak jamoat transportida qizlarga uyatsiz harakatlar sodir etgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, videodagi erkak 1971 yilda tug‘ilgan F. ismi shaxs ekani aniqlangan. Shundan so‘ng fuqaro topilib, Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga olib borilgan.

“Drujba” tomonda yonimga bitta qiz chiqib qoldi. O‘zimni ushlolmay, nafsimni tiyolmay, orqa tomoniga qo‘lim ketib qoldi. Sharmanda bo‘ldim. Uzr so‘rayman. Pushaymonman, boshqa qaytarilmaydi”, deydi erkak.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga taqdim qilingan. Erkakka nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasida (Shahvoniy shilqimlik qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga shu modda bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatidagi Yangiyer shahar Soliq inspeksiyasi rahbari tadbirkor ayolga shilqimlik qilgani ortidan ishdan olingan edi. U eri musofirda bo‘lgan tadbirkor ayolga nisbatan maishiy xarakterdagi, shilqimona SMS-xabarlar yozib, bir necha oy davomida uni bezovta qilib kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, u tadbirkor ayolning do‘koniga bir necha marta o‘z inspektorlarini yuborgan. So‘ng uning holidan “tashvishlanayotganini”, xohlasa, kechqurun bir piyola choy bahonasida gaplashib olishi mumkinligini yozgan.


Maqola muallifi

Teglar

jamoat transporti Shahvoniy shilqimlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing