“Avto 60 oy” rahbari va “Humo vaynes”ga sud hukmi o‘qildi (video)
3-sahifa
−
10 iyul
14609Kecha, 9 iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida “Avto 60 oy” MCHJ rahbari Bahodirov Jamshid Baxtiyorovich, “Humo vaynes” nomi bilan tanilgan bloger Humoyun Maxamadjonov va “Media+24” MCHJ rahbari A.Alimjonovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Sud hukmiga ko‘ra, Jamshid Bahodirov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “v” bandi (Firibgarlik) va 243-moddasida (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2021 yil 29 martdagi hukmi bilan tayinlanib o‘talmay qolgan jazosi, Jinoyat kodeksining 60,61-moddalariga asosan qisman qo‘shish yo‘li bilan Jamshid Bahodirov 9 yil 8 oy ozodlikdan mahrum qilindi. Jazo qattiq tartibli koloniyalarda o‘tattirilishi belgilandi.
Alimjonov esa O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “v” bandi (Firibgarlik) va 243-moddasida (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil, 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Humoyun Maxamadjonov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “v” bandi (Firibgarlik) va 243-moddasida (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil, 8 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Jabrlanuvchilar va fuqaroviy da’vogarlarning foydasiga yetkazilgan zararlarni undirish belgilangan.
Hukmdan norozi tomon, hukm e’lon qilingan kundan, sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar va fuqaroviy da’vogarlar esa hukm nusxasini olgan kundan boshlab, o‘n sutka ichida shu sud orqali Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya tartibida, hukm qonuniy kuchga kirgach kassatsiya tartibida shikoyat berishga, prokuror esa protest bildirishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning mart oyida “Avto 60 oy” MCHJ rahbari va mansabdorlariga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha ushbu MCHJ rahbari Jamshid Bahodirovga nisbatan 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.
LiveBarchasi