“Avto 60 oy” mansabdorlari ustidan sud boshlandi
Jamiyat
−
05 avgust 2020
13482“Avto 60 oy” MCHJ ishi bo‘yicha tergov yakuniga yetib, jinoyat ishi yuzasidan sud tergovi harakatlari o‘tkazilishi uchun jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar Chilonzor tuman sudiga yuborilgan.
E-Sud ahborot tizimi orqali avtomatik taqsimlash jarayonida jinoyat ishi tuman sudi sudyasi D.Valiyevning ish yurituviga kelib tushgan.
Shu o‘rinda “Avto 60 oy” kompaniyasining mansabdor shaxslari soxta tadbirkorlik, pul mablag‘larini noqonuniy jalb etish, firibgarlik va boshqa jinoyatlarda ayblanganlar.
“Avto 60 oy” jinoyat ishi yuzasidan Toshkent shahrida yashovchi jabirlanuvchilar 2020 yil 6 avgust kuni soat 10:00 da tuman sudi binosiga kelishlari so‘ralgan.
Manzil, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Sharq tongi ko‘chasi, 1a-uy. Mo‘ljal: Hlebushkina. Tel: 71-231-19-52
Tergov bergan ma’lumotga ko‘ra, “Avto 60 oy” jinoyat ishi bo‘yicha kompaniya bosh ofisdan olingan buxgalteriya hujjatlaridagi ma’lumotlarga qaraganda MCHJ 19 344 dan ortiq shaxslar bilan shartnomalar tuzgan va ushbu shartnomalar jinoyat ishiga qo‘shilgan.
Tergov harakatlari davomida jami yetkazilgan moddiy zarar 47,7 mlrd so‘m ekanligi aniqlanib, shundan 36,8 mlrd so‘m undirilgan.
LiveBarchasi