“Avto oltmish oy” mansabdorlariga nisbatan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha tergov yakunlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “Avto oltmish oy” MCHJning mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha tergov harakatlari nihoyasiga yetdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

2019 yil 12 oktyabr kuni “Avto oltmish oy” MCHJning mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1881-moddasi 1-qismi (Pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha, joriy yilning 6 may kuni ayblanuvchilar J.B., O.M., E.Q., M.X.ga nisbatan JKning 179-modda (Soxta tadbirkorlik), 188-1-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari (Pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat), 184-moddasi 2-qismi “a” bandi, 184-moddasi 3-qismi (Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari (Firibgarlik) va 243-moddalari (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan, M.G.ga nisbatan esa JKning 179-modda, 188-1-moddasi 3-qismi “a,v” band, 184-moddasi 2-qismi “a” bandi, 184-moddasi 3-qismi, 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari, 243-modda, 167-moddasi, 2-qismi “a, v, g” bandlari ( O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish) va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 228-moddasi 3-qismlari bilan avvalgi ayblov to‘ldirilib, shu kuni dastlabki tergov harakatlari tamomlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha “AVTO OLTMISH OY” MCHJ bosh ofisdan olingan buxgalteriya hujjatlaridagi ma’lumotlar bo‘yicha 19.344 dan ortiq shaxslardan shartnomalar tuzganligi aniqlangan va ushbu shartnomalar jinoyat ishiga qo‘shilgan.

Tergov harakatlari davomida jami yetkazilgan moddiy zarar 47,7 mlrd so‘m ekanligi aniqlanib, shundan 36,8 mlrd so‘m undirilgan.

Hozirda jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborish choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

IIV O'zbekiston

Baholaganlar

503

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing