“Avto 60 oy” & Xumo vines sudi boshlandi
3-sahifa
−
30 may
5146Yodingizda bo‘lsa, 2021 yilning mart oyida “Avto 60 oy” MCHJ rahbari Jamshid Bahodirovga 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi. Keyinchalik unga nisbatan Jinoyat kodeksining yana bir qancha moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish sudga oshirilgani haqida ma’lumot bergan edik.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Jamshid Bahodirov Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan firibgarlik, soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. U garchi 8 yilga qamalgan bo‘lsa-da, 1,5 yilda ozodlikka chiqqan va yana xuddi shu jinoyatlarni sodir etishga harakat qilgani aytilmoqda.
Shuningdek, Xumo vines nomi bilan tanilgan bloger, “X vines” MCHJ rahbari Humoyun Mahamadjonov va “Media+24” MCHJ rahbari Abdulloh Alimjonov ham xuddi shu jinoyatlarni sodir etishda ayblanmoqda.
Ularning ustidan 400 nafarga yaqin shaxs shikoyat qilgan. Jabrlanuvchilarning ko‘rsatma berishicha, sudlanuvchilar ularga arzon narxda uy, mashina olib berish, tikilgan pullarni ko‘paytirib berishni va’da qilib, oldindan pullarni olgan.
Sud jarayoni hali davom etadi. Jabrlanuvchilarning barcha shikoyatlari tinglanib, sud hukmi o‘qiladi. Voqealar rivojini QALAMPIR.UZ’da kuzatib boring.
LiveBarchasi