Toshkentda 4 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida 50 sotix yerni 4 mln AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, poytaxtda qurilish ob’ektlarini loyihalash bilan shug‘ullanuvchi MCHJning ofis menejeri hamda maklerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 35 yoshli fuqaro o‘zaro til biriktirib, aldov yo‘li bilan tadbirkorning ishonchiga kirgan. Xususan, ular o‘zlariga tegishli bo‘lmagan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 50 sotix yer maydonini tadbirkorga 4 mln dollarga sotishga kelishib, oldindan avans sifatida 100 ming dollar, shuningdek, yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali ushbu ob’ektni noturar toifadan turar toifaga o‘tkazib berish hamda u yerda kottej tipidagi uy qurishi uchun ruxsatnoma olish, arxitektura va loyiha hujjatlarini rasmiylashtirish va boshqa tegishli ishlarni bajarib berish evaziga 200 ming dollari so‘rab, oldindan 100 ming dollari talab qilgan.

DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular 200 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari doirasida ularning jinoiy sheriklarini shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida 18 sotix yerni 25 ming dollarga sotishga uringan fermer qo‘lga tushgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent DXX firibgarlik er MChJ firibgarlar tezkor tadbir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing