Avstriyada terakt. Oltita joyda otishma sodir bo‘ldi
Olam
−
03 noyabr 2020
7537Kecha, 2 noyabr kuni Avstriya poytaxti Venada qurollangan bir necha kishi olti xil joyda o‘q uzishni boshladi. Hujumlardan biri yahudiylarning ibodatxonasi yaqinida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan. 14 kishi yaralangan. Ularning ichida politsiya xodimlari borligi ham aytilmoqda.
Otishma sodir etilgan joylar maxsus bo‘linmalar yetib borgan. Ular tomonidan otishma sodir etgan shaxslardan biri o‘ldirilgan. Gumonlanuvchilarni qidirish operatsiyasi boshlangan.
Avstriya kansleri Sebastyan Kurs mazkur voqeani terakt, deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, otishma sabablariga oydinlik kiritilmagan.
Mahalliy aholiga jamoat joylariga bormaslik tavsiya etilgan. O‘quvchilar maktab mashg‘ulotlaridan ozod etilgan.
Avstriya qo‘shni davlatlar bilan chegaralarida nazoratni kuchaytirgan.