Avstriyada majburiy emlashga qarshi namoyishlar bo‘lmoqda

Olam

image

Avstriya shaharlarida  o‘n minglab odamlar COVID-19 tarqalishini oldini olish choralariga, jumladan majburiy emlashlarga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Namoyishchilar fikricha, odamlar emlanish yoki emlanmaslikni o‘zlari hal qilish erkinligiga ega bo‘lishi kerak. Biroq hukumat emlanishi rad qilganlarni 3 600 yevrogacha (4,000 dollar) jarimaga tormoqda. Jarimadan bosh tortganlar esa to‘rt oyga qamalishi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, 11 dekabrda Venada bo‘lgan namoyishda 44 ming kishi ishtirok etgan. Shuningdek, kichik namoyishlar Klagenfurt va Linz shaharlarida ham o‘tkazilgan.

Bundan tashqari, namoyish ishtirokchilari ko‘targan bannerlarda "Majburiy emlash yo‘q", "Biz – xalqmiz", "Qarshilik" degan jumlalarni ko‘rish mumkin.

Ma’lumot uchun, 8,9 million aholiga ega Avstriyada pandemiya boshlanganidan beri 1,2 million odam infeksiyaga chalingan va 13 000 dan ortiq o‘lim holati tasdiqlangan.

Shuningdek, mamlakat aholisining qariyb 68 foizi to‘liq emlangan, bu G‘arbiy Yevropadagi eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

namoyish Avstriya

Baholaganlar

13

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing