Avstriyada maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan elektropoyezd daryoga quladi
Olam
−
09 iyul 2021
4501Avstriyaning Alp tog‘larida maktab o‘quvchilari ketayotgan elektropoyezd relsdan chiqib, daryoga qulab tushdi. Oqibatda 17 kishi jarohat olgan, deb xabar bermoqda “The Washington Post” nashri.
Ta’kidlanishicha, voqea mamlakatning markaziy qismida joylashgan Mur daryosi vodiysida sodir bo‘lgan. Mahalliy qutqaruv xizmati boshlig‘iga ko‘ra, elektropoyezdda 54 bola bo‘lgan, ulardan 17 nafari yengil tan jarohati olgan.
Qayd etilishicha, bolalar darhol suvdan, qolgan bolalar esa elektropoyezddan chiqarilgan. Ayni paytda elektropoyezdning relsdan chiqib ketishining sababi aytilmagan. Xabarlarga ko‘ra, bo‘ron va momaqaldiroq tufayli relslar ishdan chiqqan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 7 iyun kuni Pokistonning Sind provinsiyasidagi Gotki shahri yaqinidagi temir yo‘l stansiyalari o‘rtasida ikkita yo‘lovchi poyezdi to‘qnashgandi.
LiveBarchasi