Avstriya suriyaliklarga vataniga qaytishi uchun pul bermoqchi

Olam

image

Avstriya hukumati suriyaliklarga o‘z mamlakatiga qaytishi uchun 1000 yevro miqdorida bonus to‘lashga tayyor. Bu haqda Avstriya kansleri Karl Nehammer o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Avstriya o‘z vataniga qaytishni xohlovchi suriyaliklarni 1000 yevro miqdoridagi bonus bilan qo‘llab-quvvatlaydi. Mamlakat qayta tiklanish uchun o‘z fuqarolariga muhtoj”, deb yozgan u.

Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, Avstriyada suriyalik fuqarolarga boshpana berish bo‘yicha avvalgi tartiblar to‘xtatiladi.

Suriyada Bashar Asad rejimi qulaganidan so‘ng Yevropa mamlakatlari suriyaliklarga boshpana berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqishni to‘xtatgan. Avstriyadan tashqari Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Shvetsiya va boshqa davlatlar ham bu tipdagi arizalarni ko‘rib chiqmayapti.

Ma’lumot uchun, Avstriyada bugungi kunda jami 100 mingga yaqin suriyaliklar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 dekabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Bashar Asad rejimi ag‘darilgandan so‘ng suriyalik qochqinlar o‘z vataniga xavfsiz va ixtiyoriy tarzda qaytishini ta’minlash uchun Suriya-Turkiya chegara o‘tkazish punktini ochishni e’lon qilgandi. Qayd etilishicha, ushbu o‘tkazish punkti 2013 yildan buyon yopiq bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Avstriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing