Avstraliyaga dahshatli qum bo‘roni yopirildi (video)
Olam
−
21 yanvar 2020
9346Bir necha oydirki, Avstraliya turli tabiiy ofatlar ichida qolib ketdi. Mamlakatda o‘rmon yong‘inlaridan so‘ng, kuchli sel va ko‘chkilar o‘z domiga tortdi. Tabiiy ofatlardan halok bo‘lganlar soni 100 nafarga yaqinlashgan, yarim milliarddan ortiq jonzod nobud bo‘lgan.
Kuni kecha Avstraliyada yana bir tabiiy ofat sodir bo‘ldi. Qum bo‘roni katta hududni vayron qildi.
Yangi Janubiy Uels shtatida sodir bo‘lgan kuchli shamolning tezligi soatiga 100 kilometrga yetgan. Ayrim joylarda esa 107 km.ga chiqqan. Shu sababli bo‘ron ko‘tarilgan. OAV bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bo‘ron Dabbo shahridagi maktabni vayron qilgan.
Bundan tashqari, mahalliy hokimiyat aholini toshqinlar xavfidan ogohlantirgan.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi