Avstraliyadagi festivalda yuzlab “Elvis Presli” qatnashdi (foto)

Madaniyat-san’at

image

Avstraliyaning Parks shaharchasida Elvis Presliga bag‘ishlangan an’anaviy festival 30-marotaba tashkil etildi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Festival Sidney shahridan 350 kilometr shimoliy-g‘arbda joylashgan Parks shaharchasida bo‘lib o‘tmoqda. Aholi soni 14 ming nafarni tashkil etuvchi shaharchaga 24 ming tomoshabin kelgan.

Festivalda yuzlab ishtirokchilar xuddi qo‘shiqchi Elvis Preslidek ko‘rinishda va kiyimda bo‘lishi an’anaga aylangan. 

Shuningdek, taqlidchilar tanlovidan tashqari, Elvis Presliga bag‘ishlangan foto suratlar va kartinalar tanlovi, raqs darslari va viktorinalar bo‘lib o‘tgan.

Festivalning final bosqichi Elvis Presli tug‘ilgan – 8 yanvar kuni o‘z poyoniga yetadi.

Ma’lumot o‘rnida, xonanda Elvis Presli 1935 yilning 8 yanvar kuni AQSHning Missisipi shtatida dunyoga kelgan. 1954 yildan ijodiy faoliyatini boshlagan Presli rok-n-roll janri qiroli sifatida e’tirof etilgan. U uch karra “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritgan. U tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlarning aksariyati esa jahon estradasining durdona asarlaridan hisoblanadi. Xonanda 1977 yilning 16 avgust kuni 42 yoshida yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya Elvis Presli Festival'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing