Avstraliyada yangi koronavirus kashf qilindi

Olam

image
Jizzaxda koronavirusdan 8 kishi vafot etgani rostmi? north_east

Jizzaxda koronavirusdan 8 kishi vafot etgani rostmi?

Avstraliyalik olimlar yangi koronavirus o‘ylab topishdi. Yangi virus xalqaro laboratoriyalarga Xitoydagi koronavirusga qarshi kurashda muhim manba bo‘lishi aytilyapti. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Tadqiqot institutida ma’lum qilinishicha, yangi virus bemorlardan birining namunalari asosida kashf qilingan. Bunday virus ilk bor Xitoydan tashqarida o‘ylab topildi.

“Xitoy hukumati yangi koronavirusni diagnostika qilish uchun muhim bo‘lgan irsiyatini e’lon qildi. Biroq haqiqiy virusning borligi, bizda tahlil uchun barcha imkoniyatlar borligini anglatadi. Shuningdek, ularning o‘ziga xosliklarini solishtirish ham mumkin”, degan virus o‘ylab topilgan laboratoriya rahbari Juliana Dryus.

Uning so‘zlariga ko‘ra, virus Avstraliyada kasallanganlarni aniqlashda foydalaniladi, shuningdek, namunalar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlik qiluvchi laboratoriyalarga ham berladi.

Ma’lumot uchun, Xitoyning Uxan shahrida paydo bo‘lib dunyoga tarqalayotgan yangi virusdan bugungacha 132 nafar odam halok bo‘ldi. Virusdan kasallanganlar soni 6053 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya virus

Baholaganlar

306

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing