Avstraliyada tashlandiq kema butun bir orolga aylandi (video)
Bu qiziq
−
20 mart 2020
7351Avstraliya qirg‘oqlarida XIX asrga taalluqli tashlandiq kema bor. U daraxtlar bilan qoplangani uchun butun bir orolga aylangan. Bu haqda “Sea News” xabar bermoqda.
“City of Adelaide” paroxodi Shotlandiyada qurilgan va 1863 yilning 22 dekabr kuni suvga tushirilgan. Kema Avstraliya va Gavayi orollari o‘rtasida muntazam yo‘lovchi tashigan.
Oradan bir necha yil o‘tgach, paroxodni yelkanli kemaga aylantirishgan. Bir safar u Kokl ko‘rfazida qumga botib qoldi va shu tahlit hozirgi kungacha qolib ketdi.
Ikkinchi jahon urushi vaqtida “City of Adelaide” qoldiqlaridan Avstraliya harbiy-havo kuchlarining bombardimonchi samolyotlari uchun foydalanildi.
Hozir u daraxtlar bilan qoplangan bo‘lib, xuddi yastanib yotgan orolga o‘xshaydi.
LiveBarchasi