Avstraliyada samolyot quladi. Qurbonlar bor

Olam

image

Kecha, 14 yanvar kuni Avstraliyada samolyot qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda ABC telekanali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, uchuvchi avvalroq Buna aerodromiga qo‘nmoqchi bo‘lgan, biroq samolyot golf maydonchasi yaqinida qulagan.

Favqulodda holat Avstraliyaning Kvinslend shtatida yuz bergan. Inspektor vazifasini bajaruvchi Kerri Olsenning aytishicha, 69 va 82 yoshli erkaklarning jasadi topilgan.

“Afsuski, samolyotning qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Favqulodda xizmatlar hamon voqea joyida. Politsiya qurbonlarning oilalari bilan aloqada”, deydi Olsen.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 12 dekabr kuni Avstraliya sharqida yengil samolyot qulashi oqibatida ikki kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya samolyot Qurbonlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made