Avstraliyada samolyot halokatga uchradi, qurbonlar bor
Olam
−
12 dekabr 2023 9265 1 daqiqa
Avstraliya sharqida yengil samolyot qulashi oqibatida ikki kishi, jumladan bir bola halok bo‘ldi. Favqulodda hodisa sayyohlik lageri yaqinida yuz bergan. Bu haqda "STV" telekanali xabar berdi.
Ta’kidlaganishicha, samolyot Brisbendan 350 km janubi-g‘arbda joylashgan Lili-Deyl hududida qulagan. Voqea joyida politsiya, shuningdek, davlat tez yordam va favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari ishlamoqda.
Hodisa guvohlariga ko‘ra, qo‘nish chog‘ida samolyot elektr tarmog‘ining simlariga tegib ketib, yerga qulagan va yonib ketgan. Oqibatda 200 ga yaqin uy elektr ta’minotisiz qolgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oktyabr oyida Avstriyada bortida ikki nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan samolyot halokatga uchragan edi
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr