Avstraliyada parvoz vaqti samolyotning dvigateli ishlamay qoldi
Olam
−
08 noyabr
5112Avstraliyaning Sidney shahridan Brisben shahriga uchayotgan Qantas Airways aviakompaniyasi samolyoti havoga ko‘tarilganidan so‘ng dvigatelida nosozlik yuz berdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Unga ko‘ra, yo‘lovchilar samolyotning ikkita dvigatelidan birining kuchli portlashini eshitgan.
“Dvigatellardan birida nimadir sodir bo‘lganligi aniq edi, keyin samolyot yerga tushish yoki biron bir balandlikka chiqish uchun harakat qilganday tuyuldi”, dedi ABC jurnalisti Mark Villeysi.
Voqea sodir bo‘lgan bir paytda aeroportda kichik hajmli yong‘in ham sodir bo‘lgan. Rasmiylar ikki hodisa bir-biri bilan bog‘liq yoki yo‘qligi haqida ma’lumot bermagan.
Qantas samolyot bortidagi yo‘lovchilar yoki ekipaj a’zolari sonini ham oshkor qilmagan, uning veb-saytida 12 biznes va 162 ekonom klassdagi o‘rindiqlar mavjudligi ko‘rsatilgan. Aviakompaniyaning ma’lum qilishicha, uning muhandislari dvigatelni dastlabki tekshiruvdan o‘tkazgan va dvigatelda nosozlik borligini tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq bortida “Kadis” klubi futbolchilari bo‘lgan samolyot dvigatelidagi nosozlik tufayli Sevilyaga favqulodda qo‘ngandi. Boeing 767 dvigatellaridan biridagi muammo samolyot kapitanini Sevilya shahriga favqulodda qo‘nishga majbur qilgan. Holat parvoz boshlanganidan 10 daqiqa o‘tgach sodir bo‘lgan.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi