Avstraliyada 2 ta samolyot to‘qnashdi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Avstraliyaning Sidney shahri janubi-g‘arbida ikki yengil samolyot havoda to‘qnashib ketdi. Oqibatda samolyot qulab tushgan va uch kishi halok bo‘lgan. Bu haqda “7 news” xabar berdi.

Yangi Janubiy Uels shtati politsiyasiga ko‘ra, halokat bugun, 26 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:50 da Belimbla Park qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, qulagan Cessna 182 samolyotidan halok bo‘lgan ikki kishi, Jabiru samolyotidan esa bir qurbon topilgan.

Qayd etilishicha, to‘qnashuv nazorat qilinmaydigan havo hududida sodir bo‘lgan. Samolyotlardan biri qulagan joyda yong‘in kelib chiqqan. Voqea joyiga tez yordam va o‘t o‘chiruvchilar guruhi yetib borgan.

“Mamlakatda bunday to‘qnashuvlar juda kam uchraydi”, deyiladi xabarda.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, Jabiru Ouks aerodromidan parvoz qilgan, Cessna 182 esa Cyesnok shahridan uchib, Vullongongga yo‘l olgan. Avstraliya transport xavfsizligi byurosi (ATSB) halokatni tekshirishni o‘z zimmasiga olgan.

“ATSB’ning Kanberradagi idorasidan transport xavfsizligi bo‘yicha tergovchilar guruhi ikkala samolyotning halokat joylarida dalillarni yig‘ish ishlarini boshlash uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda”, deyiladi ATSB bayonotida.

ATSB taxminan ikki oy ichida dastlabki hisobotni va tergov yakunida yakuniy hisobotni e’lon qilishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 22 oktyabr kuni Braziliya harbiy-havo kuchlarining F-5M qiruvchi samolyoti aviabaza yaqinida o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchragandi. Samolyot Parnamirin turarjoylari yaqinidagi o‘rmonli hududga qulagan. Uchuvchi samolyotni turarjoy binolari bo‘lmagan hududga olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. U o‘zini samolyotdan tashlagan, qiruvchi samolyot qulaganidan keyin yong‘in boshlangan. Uchuvchi keyingi tekshiruvlar uchun Natal aviabazasi gospitaliga olib ketilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya samolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing