Avstraliyada ham rahbarlarga xodimini ish vaqtidan tashqari bezovta qilishi taqiqlandi
Olam
−
26 avgust
2198Avstraliyada xodimlar ish vaqti tugagandan so‘ng telefonini o‘chirib qo‘yish, ish beruvchining qo‘ng‘iroqlariga va elektron pochtalariga javob bermaslik huquqiga ega bo‘ldi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
Mamlakatda yangi qabul qilingan qonunga ko‘ra, ish beruvchi bunday yo‘l tutgan xodimlarni jazolay olmaydi. Qonun bugun, 26 avgust kunidan e’tiboran kuchga kirdi.
Qonnuni qo‘llab-quvvatlovchilarning ta’kidlashicha, yangi qonun ishchilarga ish yuzasidan elektron pochta xabarlari, SMS va qo‘ng‘iroqlar orqali boshliqlari tomonidan shaxsiy hayotiga doimiy tarzda xalaqit berilishiga qarshi turishga ishonch beradi. Ularning so‘plariga ko‘ra, ish vaqtidan keyin ham xodimlarni har xil usullar bilan bezovta qilish va shaxsiy vaqtlarini “o‘g‘irlash” SOVID-19 pandemiyasi davridan boshlab kuchaygan.
Nashrning yozishicha, 8 soatlik ish kunini joriy etgan birinchi mamlakat bo‘lgan Avstraliyada bunday qonun qabul qilinishiga ehtiyoj hamisha seziladi.
O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, avstraliyaliklar 2023 yilda o‘rtacha 281 soat qo‘shimcha ishlagan. Ya’ni, Avstraliya instituti hisobotiga ko‘ra, o‘tgan yili avstraliyalik xodim haftasiga o‘rtacha 5,4 soat haq to‘lanmaydigan ishni bajargan bo‘lsa, 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lganlar esa 7,4 soat hech qanday pulsiz ishlagan.
Mamlakatning Adolatli mehnat komissiyasi tribunali tomonidan qo‘llaniladigan qoidalarni buzgan ish joylari 93 ming 900 Avstraliya dollari (63 ming 805 AQSH dollar) miqdorida jarimaga tortiladi. Avstraliya bunday qonunni joriy qilgan birinchi davlat emas. 2017 yilda Fransiya ishchilarni ish vaqtidan tashqari xabarlarga javob bermagani uchun jazolanishidan himoya qiluvchi qonunchilikni joriy qilgan bo‘lsa, keyinchalik Germaniya, Italiya va Kanadada ham shunga o‘xshash choralar ko‘rildi. 2021 yilda esa Portugaliyada ish beruvchi ish vaqtidan tashqari xodimiga qo‘ng‘iroq qilsa yoki SMS xabar yozsa, jarimaga tortilishi mumkinligi belgilandi va xodimini bezovta qilishi taqiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining 57,3 foizi ish vaqtidan tashqari qo‘shimcha ishlarga jalb qilingani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi