Avstraliya osmonini millionlab ko‘rshapalak qopladi (video)

Olam

image

Avstraliyaning Ingem shahri aholisi ko‘rshapalaklar tornadosiga guvoh bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Minglab ko‘rshapalak shahar osmonini qoplab olganini internetda joylashtirilgan videodan ham ko‘rsa bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, keyingi vaqtda ko‘rshapalaklarning keskin ko‘payishi kuzatilmoqda. Jonivorlar shahar hayotiga ta’sir o‘tkazmoqda, shovqin solib, odamlarning hordiq chiqarishi va uxlashiga xalaqit qilmoqda.

Shovqindan tashqari, ko‘pchilik ko‘rshapalaklar iflosligi va shaharda paydo bo‘lgan hiddan aziyat chekmoqda. Aniqlik kiritilishicha, qonun bilan himoyalangani uchun ularni otish taqiqlanadi. Mahalliy hokimiyat ularni o‘rmonga “haydab yuborish” uchun turli chora-tadbirlar qo‘llamoqda, ammo bu samara bermayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya ko'rshapalak

Baholaganlar

254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing