Avstraliya Kiyevdagi elchixonasini qayta ochmoqchi
Olam
−
20 noyabr
1281Avstraliya 2022 yil 22 fevralda yopilgan Kiyevdagi elchixonasini qayta ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat vitse-prezidenti Richard Marlz ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, hukumat Ukrainadagi elchixonasini qayta ochishni xohlaydi, ammo diplomatik xodimlar xavfsizligini ta’minlash ishlari hali tugallanmagan.
“Biz jangovar harakatlar zonasida binoni ochib, undagi barcha odamlar uchun xavfsiz bo‘lishiga ishonch hosil qilishimiz kerak,” dedi Marlz.
Shuningdek, u Avstraliya hukumati Ukraina hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilishini va mojarolar davrida uni qo‘llab-quvvatlashini qayd etgan.
“Biz ular bilan elchixonani Kiyevda qayta ochish masalasida ishlashda davom etamiz va barcha xavf hamda tahdidlarni baholaymiz,” dedi vitse-prezident.
Ma’lumot uchun, 2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan so‘ng Avstraliya Kiyevdagi elchixonasini Polshaga ko‘chirgan. 2023 yil iyun oyida Avstraliya Tashqi ishlar vazirligi xavfsizlik sababli Ukrainadagi diplomatik vakolatxonasi ishini qayta tiklashni rejalashtirmayotganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSHning Ukrainadagi elchixonasi bugun, 20 noyabr kuni Ukrainaga muhim havo hujumi bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan va shu sababli elchixona yopilishini bildirgandi.
LiveBarchasi