Avgustda O‘zbekistonda qancha tug‘ilish qayd etildi?

Jamiyat

image

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning 8 oyida respublika bo‘yicha 525 280ta tirik tug‘ilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 18 912 taga ko‘p.  

Joriy yilning avgust oyida respublika bo‘yicha 83 925ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilib, respublika bo‘yicha eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida (9 585 ta) kuzatildi.

O‘tgan 8 oy mobaynida FHDYO organlarida qayd etilgan tirik tug‘ilishlar soni bo‘yicha Samarqand – 63 573ta, Farg‘ona – 58 774ta, Qashqadaryo – 55 774ta va 50 601ta bilan Andijon viloyatlari yuqori o‘rinni egallagan.

Eslatib o‘tamiz, Davlat statistika qo‘mitasi joriy yilning 8 oyida FHDYO organlarida qayd etilgan nikohlar soni bo‘yicha Farg‘ona – 15611 ta, Samarqand – 14282 ta, Qashqadaryo – 14261 ta, Andijon – 13029 ta va 13011 ta bilan Toshkent viloyatlari yuqori o‘rinni egallaganini ma’lum qilgandi.  

O‘zbekiston aholisi 2020 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, 34 mln. 191,7 ming kishini tashkil etib, yil boshidan beri 286,5 ming kishiga o‘sgan.


Maqola muallifi

Teglar

statistika tug'ilish

Baholaganlar

236

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing