Avgust oyida qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etildi?
Jamiyat
−
23 Sentabr 2020 12033 1 daqiqa
Joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston bo‘yicha eng ko‘p nikoh Farg‘ona viloyatida – 5035 ta qayd etildi. bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilning 8 oyida respublika bo‘yicha 138 646 ta nikoh holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22 973 taga kam.
Joriy yilning 8 oyida FHDYO organlarida qayd etilgan nikohlar soni bo‘yicha Farg‘ona – 15 611 ta, Samarqand – 14 282 ta, Qashqadaryo – 14 261 ta, Andijon – 13 029 ta va 13 011 ta bilan Toshkent viloyatlari yuqori o‘rinni egallagan.
Ma’lumot o‘rnida respublika bo‘yicha 8 oyda eng kam nikoh holatlari Navoiy (4320 ta) viloyatida qayd etilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025