“Avatar-2” filmining suratga olish ishlari yakunlandi

Madaniyat-san’at

image

Rejissyor Jeyms Kemeron "Avatar-2" filmining suratga olish jarayonlari tugagani haqida ma’lum qildi. Bu haqda "Cinema Blend" portali xabar bermoqda.

Bundan tashqari, kinorejissyorning so‘zlariga ko‘ra, "Avatar-3" filmini suratga olish ishlari 95 foizga yakunlangan. 

Suratga olish ishlari 2017 yilda Yangi Zelandiyada boshlangan. Ish belgilangan jadvalga muvofiq amalga oshirilgan.

Lekin, 2020 yil mart oyida butun dunyoga tezlik bilan tarqalgan COVID-19 pandemiyasi sababli Kemeronning jamoasi suratga olish ishlarini to‘xtatishga majbur bo‘lgan. 

"Avatar" to‘rtta filmdan iborat bo‘lishi e’lon qilingan. Birinchi filmning davomi bo‘lgan "Avatar-2" 2022 yil 16 dekabrda ekran yuzini ko‘rishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Avatar

Baholaganlar

197

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing