Avariya sabab Toshkentning 4 ta tumani issiq suvsiz qoldi
Jamiyat
−
03 avgust 2023
4146Bugun, 3 avgust kuni tizimdagi nosozlik sabab poytaxtning 4 ta tumani issiq suvsiz qoldi. Bu haqda mas’ul kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, isitish magistralidagi buzilishlarni bartaraf etish va jihozlarni almashtirish maqsadida, avariyaviy ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan bugun, 3-avgust kuni quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan:
• Yunusobod tumani: Gidrometeorologiya markazi, 21-uy, Irrigatsiya instituti yotoqxonasi, Niyozbek yo‘li, 18-kvartal (4, 7, 8, 9, 10, 13, 14, 15, 15a, 17, 19, 19, 19a, 12, 22, 23, 24, 28-uylar).
• Mirzo-Ulugbek tumani: Hamid Olimjon maydoni, M-1 va M-2 (qisman).
• Chilonzor tumani: Cho‘ponota ko‘chasi, 8 va 9-kvartallar (qisman), K. Sharq, Guliston, Algoritm massivlari, So‘galli ota ko‘chasi.
• Uchtepa tumani: 30, 31-kvartal, Izza massivi, Taqachi, Rahibaboyev ko‘chalari.
“Avariyaviy ishlar soat 19:00 ga qadar yakunlanishiga qarab bugun issiq suv ta’minotini tiklash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, mas’ul kompaniya yuqoridagi manzillarda yashovchi fuqarolardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘ragan.