Avariya sabab poytaxtning ayrim hududlari “svet”siz qoldi
Jamiyat
−
10 avgust 2023
2933Toshkent shahri Olmazor tumanidagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida avariya sodir bo‘ldi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, bugun, 10 avgust kuni Olmazor tumanidagi “Sag‘bon” hamda “Vistavochniy” podstansiyalaridan chiquvchi yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘ida favqulodda avariya holati sodir bo‘lgan.
Buning natijasida tumandagi “Islom ota” hamda “Universitet” mahallalaridagi iste’molchilarning elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
“Hozirgi vaqtda, AJ filialining maxsus tezkor brigada xodimlari tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Tez orada mazkur nosozlik to‘liq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi to‘liq tiklanadi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.
LiveBarchasi