“Australian open-2021”. Medvedev va Nadal chorak finalga yo‘l oldi
Sport
−
24 yanvar 2022 2918 1 daqiqa
Dunyoning ikkinchi raqamli raketka ustasi, rossiyalik tennischi Daniil Medvedev Avstraliya ochiq chempionatining to‘rtinchi davra bellashuvida g‘alaba qozondi va chorak finalga yo‘l oldi. Medvedevning ushbu bosqichdagi raqibi ATP reytingida 70-o‘rinni egallab turgan AQSH vakili Maksim Kressi bo‘ldi. Dastlabki ikki setda Daniil, uchinchisida esa Kressi ustun keldi. Ammo to‘rtinchi setni o‘z foydasiga hal qilgan rossiyalik tennischi 6:2, 7:6 (7:4), 6:7 (4:7), 7:5 hisobida zafar quchdi. Qarama-qarshilik 3 soat 27 daqiqa davom etdi.
Shuningdek, “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirlarning 20 karra g‘olibi, ispaniyalik Rafael Nadal esa fransiyalik Adrian Mannarinoni 7:6 (16:14), 6:2, 6:2 hisobida taslim qildi va 2 soat 41 daqiqa davom etgan uchrashuvni o‘z foydasiga hal qildi.
Yarim finalga chiqish uchun Medvedev kanadalik Feliks Oje-Alyassim, Nadal esa boshqa bir kanadalik Denis Shapovalovga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, mavsumning ilk “Katta Dubulg‘a” musobaqasi joriy yilning 30 yanvar kuni yakunlanadi.
Live
Barchasi