Tennis. Bartiga AO yarim finali uchun 1 soat yetarli bo‘ldi

Sport

image

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi avstraliyalik Eshli Barti Avstraliya ochiq chempionatining chorak finalida qiyinchiliksiz g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi. 

Unga WTA reytingida 21-o‘rinni egallab turgan AQSH vakilasi Jessika Pegula raqiblik qildi. 1 soat 4 daqiqa davom etgan uchrashuvda 6:2, 6:0 hisobida Bartining qo‘li baland keldi. 

Barti olti marta “eys” zarbasini amalga oshirdi va ikkita  qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi. 24 yoshli avstraliyalik tennis malikasi yarim finalda yana bir AQSHlik – Medison Keysga qarshi kortga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Eshli Barti Avstraliya ochiq chempionatida g‘olib bo‘lmagan, biroq “Rolan Garros” (2019) va “Uimbldon” (2021) turnirlarida chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, Avstraliya ochiq chempionati joriy yilning 30 yanvar kuni yakunlanadi. Yakkalik bahslarida g‘olib bo‘lgan tennischi 2000 reyting ochkosi va 2,2 million AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ega bo‘ladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Tennis Barti Aus Open

Baholaganlar

5

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing