AUKUS mojarosi. Fransiya AQSH va Avstraliyadan elchilarini chaqirtirib oladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Fransiya AQSH va Avstraliyadan o‘z elchilarini chaqirtirib oladi. Bu mamlakatlarning joriy yilning 15 sentyabrida tuzgan shartnomasi bilan bog‘liq. Bu haqda Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian ma’lum qilgan.  

“Respublika Prezidenti Emmanuel Makronning ko‘rsatmasiga binoan men AQSH va Avstraliyadagi elchilarimiz bilan maslahatlashish uchun ularni Parijga zudlik bilan chaqirtirib olishni buyurdim. Bu 15 sentyabr kuni Avstraliya va AQSH tomonidan berilgan bayonotlarning o‘ta jiddiyligi bilan bog‘liq”, degan vazir. 

Vazirga ko‘ra, gap Avstraliyaning okean toifasidagi fransuz suv osti kemalarini yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqib ketishi va AQSH bilan yadroviy suv osti kemalarini qurish bo‘yicha yangi hamkorlikka kirishi haqida ketmoqda. 

“Bu ittifoqchilar va sheriklar o‘rtasidagi munosabatlarda qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan xatti-harakatlar, uning oqibatlari ittifoqchilik, sheriklik tushunchasiga va Hind-Tinch okeani mintaqasining Yevropa uchun ahamiyatiga ta’sir qiladi”, degan u.  

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 sentyabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden, Avstraliya Bosh vaziri Skott Morrison va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson xavfsizlik sohasida yangi uch tomonlama hamkorlik – AUKUS yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Frantsiya Avstraliya

Baholaganlar

177

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing