“Atletiko” Rodrigoni olib kelmoqchi, uning o‘zi nima derkan?

Sport

image

Madridning "Atletiko" klubi qishda "Valensiya" hujumchisi Rodrigo variantiga qaytadi.

Madrid klubi yozda futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi, ammo klub "Valensiya" rahbariyati bilan kelisha olmadi. 

Endilikda "matraschilar" yanvarda futbolchini jamoaga olib kelishmoqchi.

Futbolchi joriy mavsum "ko‘rshapalaklar" tarkibida 9ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assistga erishdi. Rodrigo "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Valensiya"ga 2015 yil yozda "Benfika"dan o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, Rodrigo Moreno 1991 yilda Braziliyada tug‘ilgan. U professional faoliyatini "Real Madrid" S klubida boshlagan. Keyin braziliyalik "Kastiliya"ga ko‘chib o‘tdi va u yerda bir mavsumni o‘tkazdi, 18 o‘yinda 5 ta gol urdi.

2010 yil 31 iyulida Rodrigo "Benfika" ga ko‘chib o‘tdi va 5 yilga shartnoma imzoladi. Transfer summasi 6 million yevroni tashkil qildi. 

2015 yil 15 iyunda "Valensiya" futbolchini "Benfika" dan sotib oldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Atletiko Rodrigo

Baholaganlar

8

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing