“Atletiko Madrid” JCH finalchisini sotib oldi
Sport
−
15:50 544 1 daqiqa
Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi “Tottenxem” jamoasi markaziy himoyachisi Kristian Romeroni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 28 yoshli argentinalik futbolchi “matraschilar” bilan 2031 yil 30 iyuniga qadar amal qiladigan shartnoma imzolagan.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, “Atletiko Madrid” 2022 yilgi jahon chempioni uchun 40 million yevro to‘lagan. Shuningdek, “Tottenxem” futbolchining keyingi transferidan 15 foiz ulush o‘zida saqlab qolgan.
Ma’lumot uchun, Romero 2022 yil yozidan buyon “Tottenxem” safida to‘p tepib kelayotgan edi. Ushbu davrda himoyachi barcha musobaqalarda 156 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, Romeroning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.
Live
Barchasi