“Atletiko Madrid” Lukman transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Sport

image

“Atletiko Madrid” Italiyaning “Atalanta” klubi bilan nigeriyalik hujumchi Ademola Lukmanni transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda La Liga klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Klub bayonotida ta’kidlanishicha, nigeriyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish va yangi shartnoma tafsilotlarini yakunlash uchun allaqachon Madridga yetib borgan.

“Atletiko” transfer summasi va shartnoma muddati borasida rasmiy ma’lumot bermagan. Biroq Ispaniya OAVlariga ko‘ra, madridliklar Lukman uchun taxminan 35 million yevro to‘laydi.

28 yoshli futbolchi 2022 yilda Germaniyaning RB Leypsig klubidan “Atalanta”ga ko‘chib o‘tganidan buyon barcha musobaqalarda 55 ta gol urib, jamoaning yetakchi futbolchilaridan biriga aylangan.

Endilikda u Diego Simeone qo‘l ostida “Atletiko Madrid” tarkibini kuchaytiradigan asosiy transferlardan biri sifatida qaralmoqda.

Ma’lumot uchun, hozirda madridliklar La Liga turnir jadvalida 45 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam “Barselona”dan 10 ochkoga ortda qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Atletiko Madrid” “Atalanta” Ademola Lukman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing