“Atletiko” “Bavariya” futbolchisini “nishonga oldi”
Sport
−
31 Oktabr 2022 3062 1 daqiqa
Germaniya Bundesligasida, "Bavariya" safida to‘p surayotgan fransiyalik himoyachi Benjamen Pavar faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Fichajes" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchiga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda. "Matraschilar" futbolchining nemis grandi bilan munosabatlari keskinlashganidan unumli foydalanish niyatida. Benjaminning transfer narxi 30 million yevroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda Pavar umumiy barcha musobaqalarda 17 o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Mushtariy G‘aniyeva
Live
BarchasiEron Kiprga ham zarba berdi
01 mart