Atlantikada bortida 20 kishi bo‘lgan qayiq yo‘qolib qoldi
Olam
−
03 yanvar 2021
5261Atlantika okeanida Bagam orollari va Florida sohillari orasida 20 kishi bo‘lgan qayiq yo‘qolib qoldi. Bu haqda TSN xabar berdi.
Motorli qayiq o‘tgan yilning 28 dekabr kuni Bimin orolini tark etgan va 130 km uzoqlikdagi Uort ko‘lida to‘xtashi kerak bo‘lgan.
Biroq 29 dekabrda sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati qayiq belgilangan vaqtda portga kelmaganidan ogohlantirilgan.
Shundan so‘ng, bir necha kun davomida ikki davlat hamkorlikda 44 ming kvadrat kilometr maydonda havo va dengiz yo‘llari orqali qidiruv o‘tkazgan. Ammo 1 yanvar kuni qidiruv harakatlari to‘xtatilgan.
LiveBarchasi