Atamboyevning mol-mulkiga taqiq qo‘yildi

Olam

image

Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi hibsga olingan sobiq Prezident Almazbek Atamboyevning vaqtincha musodara qilingan mulklari haqida ma’lumot berdi, deya xabar berdi “Kabar”.

Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Atamboyev ishi bo‘yicha tergov davomida 25 ta Qirg‘iziston banklaridagi mulk, qimmatli qog‘oz, aksiya, hisoblarga taqiq qo‘yilgan.

Bosh prokuratura qaroriga ko‘ra, quyidagilar xatlab qo‘yildi:

- Atamboyev nomida bo‘lgan Toyota Land Cruiser (2000 yilda ishlab chiqarilgan); Mitsubishi Pajero (1997); Toyota Land Cruiser (1998); MAN (1993 y); BMW-X53 (2001) avtomashinalari;

- Alamudun tumani Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi ikkita yer uchastkalari, sog‘lomlashtirish markazi,

- Issiqqo‘l tumanidagi yer uchastkasi;

- Alamudun tumani Arashan qishlog‘idagi ko‘p yillik o‘rmonzorlar (plantatsiya), yaylov, uy;

- Alamudun va Arashan tumanlaridagi ko‘p yillik o‘rmonzorlar.

Atamboyevning rafiqasi Raisa Atamboyeva nomidagi mol-mulk: Toyota Land Cruiser (2004); Mercedes Benz (1994); GAZ-3110 (1999) avtomashinalar, shuningdek, Bishkek shahridagi Moskva va Novooktyabrsk ko‘chalarida joylashgan kvartira va uy-joy.

Shuningdek, 10 ta yuridik va jismoniy shaxslar nomida bo‘lgan mol-mulk xatlab qo‘yildi. Ular ichida “Qirg‘izavtomash” OAJ, “Media Forum” OAJ, “Aprel-TV”, “Kanal D” teleradiokompaniyasi tahririyati (Kanal Di)” va boshqa korxona nomlari keltirilgan. Xususan, “Qirg‘izavtomash”ga tegishli bo‘lgan 106 ta uy-joylar, yer uchastkalar, temir yo‘llar, savdo markazi, do‘kon, sex va omborxona sanab o‘tilgan.

“Tergov Atamboyevning va uning yaqin qarindoshlarining jinoiy harakatlari natijasida olingan deb taxmin qilish uchun yetarli asosga ega”, deyilgan prokuratura qarorida.


Maqola muallifi

Teglar

mulk Almazbek Atamboev

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing