Atamboyevning sudi kelasi yilga qoldirildi

Olam

image

Bugun, 26 dekabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasida o‘tishi rejalashtirilgan Qirg‘iziston Respublikasining sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga oid jinoyat bo‘yicha navbatdagi sayyor sud majlisi yana qoldirildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda.

O‘tgan safar xuddi shu idorada o‘tgan sud majlisini Almazbek Atamboyev tark etgan edi. Sudda qonundagi o‘g‘ri (vor v zakone) Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi masalasi ko‘rib chiqilishi kerak edi. 

Atamboyevning advokati Sergey Slesarevning so‘zlariga ko‘ra, sud majlisi gumonlanuvchilardan birining ahvoli og‘irlashgani sabab qoldirilgan. 

“Majlis gumon qilinuvchilardan biri akademik Abduhalim Raimjonovning ahvoli yomonlashgani tufayli ko‘chirildi. Bundan tashqari, majlis boshida Atamboyev norozilik belgisi sifatida sud belgilangan joydan yana o‘rnidan turib ketdi”, deydi advokat.

Slesarev qayd etishicha, navbatdagi sud kelasi yil 9 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Sud yana Milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosida o‘tishi kutilmoqda. Sud majlisini Birinchi may tuman tuman sudida o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma kelib tushgan. Biroq ushbu masalani ko‘rib chiqish keyingi sud majlisiga qoldirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Almazbek Atamboev

Baholaganlar

67

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing